Bugun butun Turkiya boylab Otaturkni yodga olish marosimlari uyushtirilmoqda

Poytaxt Anqaradagi yodga olish marosimlaridan biri har yili bo’lganidek bu yil ham Mustafo Kamol Otaturk hoki qo’yilgan Anitkabir yodgorlik majmuasi bo’ldi.

844783
Bugun butun Turkiya boylab Otaturkni yodga olish marosimlari uyushtirilmoqda

Turkiya Respublikasining asoschisi va Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturkning vafotining 79-yilligi munosabati bilan bugun butun Turkiya boylab yodga olish marosimlari uyushtirilmoqda.  

Poytaxt Anqaradagi yodga olish marosimlaridan biri har yili bo’lganidek bu yil ham Mustafo Kamol Otaturk hoki qo’yilgan Anitkabir yodgorlik majmuasi bo’ldi.

Davlat arboblari Otaturk qabriga gul qo’yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Anitkabir maxsus daftarchasiga qo’l qo’ydi.

Erdog’an daftarga,

“Vafotining 79-yilligida milliy istiqlol kurashimizning buyuk qo’mondoni, Respublikamizning asoschisi, birinchi Prezidentimiz G’oziy Mustafo Kamol Otaturkni yana bir bor rahmat, hurmat va ehtirom ila yodga olamiz” deb yozdi.

Erdog’an shuningdek,

“Otaturkning bizga qoldirgan eng buyuk meroslaridan biri bo’lgan Turkiyani zamonaviy madaniyat saviyasining ustiga olib chiqish yo’lida kecha va kunduz, hormay-tolmay mehnat qilishni davom ettiramiz. Ruhing shod bo’lsin” degan satrlarga o’rin berdi.  

 

 



Aloqador xabarlar