Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Mesut Barzaniy bilan uchrashdi

Uchrashuvda DAISh va PKK terror tashkilotiga qarshi operatsiya, referendum bilan bog’liq jarayon hamda Iroqning tuproq butunligi va kurdlarning haq va huquqlari muhokama qilindi.

795844
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Mesut Barzaniy bilan uchrashdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Erbilda Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi rahbari Mesut Barzaniy bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda, DAISh va PKK terror tashkilotiga qarshi operatsiya, referendum bilan bog’liq jarayon hamda Iroqning tuproq butunligi va kurdlarning haq va huquqlari muhokama qilindi.

“Iroqning tuproq butunligini qo’llab quvvatlaymiz. Kurd mintaqaviy boshqaruvi va kurd qardoshlarimizning haq va huquqlarini himoya qilamiz”,-deydi Mavlud Chavushog’li uchrashuv chog’ida.

Turkiyaning referendum haqidagi tushunchalarini Barzaniyga oshkora ifoda etgan Chavushog’li: “Biz bu mintaqada tinchlik hukm surishini istaymiz”.-dedi.

Barzaniy bilan terrorizmga qarshi kurash masalasini atroflicha muhokama qilgan Chavushog’li: “DAISh va PKK faqatgina bizning emas, balki sizning ham dushmaningiz hisoblanadi. Iroq xalqi va hukumatining ham dushmanidir. Ayni paytda, kurd mintaqaviy boshqaruvining ham dushmanidir. Ularning birinchi rejasi Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvini qo’lga olish, ikkinchi rejasi esa, Turkiyani qo’lga olishdir. Ushbu terror tashkilotlariga qarshi hamkorlikda kurash olib borishimiz kerak. Sizlarda bunga intilish bor. Men buning guvohi bo’lib turibman”,-dedi.

Mavlud Chavushog’li Iroqqa tashrifi chog’ida mamlakat prezidenti Fuad Masum, Iroq bosh vaziri Haydar Al-Abadiy va Iroq majlis raisi Selim Al-Juburiy bilan uchrashdi.

 



Aloqador xabarlar