Turkiyada jon saqlagan suriyaliklar o'z yurtiga qaytmoqda

Turkiyada jon saqlagan suryaliklar Jarablusga qaytish uchun eng avvalo Turkiyaning Gaziantep gubernatorligiga murojaat qilmoqda.

768713
Turkiyada jon saqlagan suriyaliklar o'z yurtiga qaytmoqda

Turk qurolli kuchlari rahbarligida o’tgan yili uyushtirlgan Firat qalqoni amaliyoti doirasida DEASh terror tashkilotidan qaytarib olingan Suriyaning Halab shahriga qarashli Jarablus tumaniga qaytgan Turkiyadagi suriyaliklar soni bugunga kelib roppa-rosa 44 ming 643 nafarga yetdi.

Turkiyada jon saqlagan suryaliklar Jarablusga qaytish uchun eng avvalo Turkiyaning Gaziantep gubernatorligiga murojaat qilmoqda.

Ruxsat olinganidan keyin suriyaliklar Karkamish bojxona darvozasidagi tartib ortidan, xavfsizlik uchun amalga oshirilgan tekshiruv bosqichidan so’ng o’z yurtlari tamon yo’l olmoqda.

Gaziantepdagi Immigratsiya idorasi direktori Oktay Bahchejining aytishicha Turkiyada jon saqlagan suriyaliklarining o’z yurtiga qaytish faoliyatlari,  2016-yilning 7-sentabridan beri davom etmoqda. 

Bahcheji, o’z yurtiga qaytmoqchi bo’lgan suriyaliklarning kerakli tartib qoida ortidan o’z yurtlariga qaytishlari davom etajagini ham qo’shimchaladi.



Aloqador xabarlar