Nabi Avjining Ozarbayjon ziyorati o’z nihoyasiga yetdi

Navbatdagi Jahon Madaniyatlararo muloqot forumi vazirlar majlisida ishtirok etish uchun Bokuga borgan Nabi Avji, ziyoratining oxirgi kunida Turk va Ozarbayjon shahidliklarini ziyorat qildi.

727332
Nabi Avjining Ozarbayjon ziyorati o’z nihoyasiga yetdi

Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avjining Ozarbayjon ziyorati o’z nihoyasiga yetdi.  

Navbatdagi Jahon Madaniyatlararo muloqot forumi vazirlar majlisida ishtirok etish uchun Bokuga borgan Nabi Avji, ziyoratining oxirgi kunida Turk va Ozarbayjon shahidliklarini ziyorat qildi.

Shahidlarga gulchambar qo’ygan Avji, shahidlikdagi maxsus daftarchani imzoladi.

Shahidlik jome’ masjidini ham ziyorat qilgan Nabi Avji, masjid haqida muxtor vakillardan ma’lumot oldi.

Nabi Avji Prezident Ilhom Aliyevning ammasi professor Refika Aliyevaning ham janoza marosimida ishtirok etib, Prezident Aliyevga ta’ziya izhor etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Nabi Avji , #Ozarbayjon , #Ilhom Aliyev

Aloqador xabarlar