Turkiyaning sharqi terroristlardan tozalanmoqda

Bitlis viloyatining Tatvan tumanida terror tashkilotiga qarshi olib borilgan jangovar operatsiyada 8 ta terrorist F-16 harbiy samolyotlari vositasida portlatildi.

706788
Turkiyaning sharqi terroristlardan tozalanmoqda

Turkiyaning sharqida joylashgan Hakkari viloyati Chukurja tumani Chileklitepa hududida bir guruh terroristlar askarlarga o’q uzdi.

Uchuvchisiz havo vositalari yordamida terroristlarning joyi aniqlandi.

Ma’lumotga ko’ra, aniqlangan 8 ta terrorist F-16 harbiy samolyotlari vositasida portlatildi.

Bundan tashqari, Bitlis viloyatining Tatvan tumanida terror tashkilotiga qarshi jangovar operatsiya olib borildi.

Operatsiyada 6 ta terrorist o’ldirildi, ko’plab qurol-aslaha va o’q-dori ombori portlatildi.

Shirnak viloyati Akchay tumani va Bingo’l viloyati Gench tumanidagi tog’liq hududlarda 2 ta terrorist o’ldirildi.

Operatsiyada qo’plab qurol-aslaha, portlovchi moddalar va o’q-dori ombori hamda terroristlar foydalangan kundalik ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari topildi.

Tunjeli viloyatining Nazimiye tumanida aniqlangan yer to’lada esa, Dochka zenit batareyasi topildi.

Suriyaning Kilis viloyatidan Turkiyaga o’tmoqchi bo’lgan terror tashkiloti DAISh terroristi qo’lga tushirildi.

Terrorist tintuv qilinganda uning yonidan 1 yarim kg portlovchi modda va ikkita qo’lbola bomba topilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Tunjeli , #Bitlis , #terrorist , #DAISh , #operatsiya

Aloqador xabarlar