Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining Lotin Amerika ziyorati davom etmoqda

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li bugun Lotin Amerika ziyorati doirasida Dominik Respublikasida. Chavusho'g'li Dominikda eng avvalo kasbdoshi Miguel Vargas bilan uchrashdi.

664800
Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining Lotin Amerika ziyorati davom etmoqda

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li bugun Lotin Amerika ziyorati doirasida Dominik Respublikasida.  

Chavusho'g'li Dominikda eng avvalo kasbdoshi Miguel Vargas bilan uchrashdi.  

Kun tartibida esa o’zaro munosabatlarning mustahkamlanishi va Fetullahchi terror tashkilotiga qarshi kurash masalalari o’rin oldi.

Shuningdek uchrashuvda Turizm tarmog’idagi hamkorlik shartnomasiga ham qo’l qo’yildi.

Ortidan Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li Dominik Respublikasiga, Turkiyani Fetullahchi terror tashkilotiga qarshi kurashi jarayonida yolg’iz qo’ymaganligi uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu doirada, “Dominik Respublikasi Turkiyaning Fetullahchi terror tashkilotiga qarshi kurashi jarayonida FETO terror tashkilotiga qarashli maktablarni yopish haqida qaror qabul qilgan birinchi mamlakatlardan biri hisoblanadi” dedi.

Roppa-rosa 7 yil ortidan Turkiya-Isroil o’rtasida Anqarada o’tkazilgan birinchi siyosiy yig’ilishni ham baholagan Chavusho’g’li,

“Turkiya G’azo va Falastin to’g’risidagi fikrini aniq yetkazdi” dedi. Shuningdek yig’ilishning mazmunli o’tganligini ham ta’kidladi.   

Turkiya-Isroil munosabatlarining qayta tiklanishida Turkiya tomonidan o’rtaga qo’yilgan 3 ta shartning katta hissa qo’shganligini eslatgan Chavusho’g’li,

“Hurmatli Prezidentimiz har doim ushbu 3 ta shartsiz hech nimaning o’z yo’liga kirmasligini ta’kidlagan edi. Bu 3 ta shartlardan biri kechirim so’rashlik va konpensatsiya bilan birga Falastin bilan G’azo ustidagi cheklovlarning bekor qilinishi edi. Munosabatlar qayta tiklanganidan beri G’azoga bag’ishlangan gumanitar va mamlakatning rivojlanishiga atalgan yordamlarimizning miqdori kun o’tgan sayin ortib bormoqda” dedi.

Chavusho'g'lining Lotin Amerika ziyorati Dominik Respublikasi ortidan Meksika ziyorati bilan o’z nihoyasiga yetadi.

 



Aloqador xabarlar