Mavlud Chavushog’lu AQShning 45-prezidenti Donald Trampning qasamyod marosimiga qatnashadi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu Amerika Qo’shma Shtatlarining poytaxti Vashingtonga jo'nab ketdi.

654854
Mavlud Chavushog’lu AQShning 45-prezidenti Donald Trampning qasamyod marosimiga qatnashadi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu Amerika Qo’shma Shtatlarining poytaxti Vashingtonga safar qildi.

Mavlud Chavushog’lu tashrifi chog'ida, dastlab AQSh milliy xavfsizlik maslahatchisi lavozimiga tayinlangan general Michael Flynn bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Mavlud Chavushog’lu Turkiyaning terrorizmga qarshi kurash bo’yicha talablarini yana bir marta eslatib o’tdi.

Qolaversa, ittifoqdosh davlatlardan terrorizmga qarshi kurash bo’yicha yordam va hamkorlik talab qildi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu shuningdek, Tramp davrida faoliyat ko’rsatadigan oliy martabali vakillar bilan ham bir qator uchrashuvlar amalga oshirdi.

Diplomatik manbalarning yozishicha, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu yangi hukumat vakillariga Turkiyaning talab va istaklarini ma’lum qilgan va ba’zi dolzarb mavzular bo'yicha fikr almashgan.

Mavlud Chavushog’lu 12 yanvar kuni Vashington Post gazetasiga yozgan maqolasida, Amerika hukumati xozirgacha yuritgan siyosati bilan turk xalqining umidlarini puchga chiqarganini tilga olgan edi.

Mavlud Chavushog’lu ertaga juma kuni AQShning 45-prezidenti Donald Trampning qasamyod marosimiga qatnashadi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar