Istanbulda qurilgan "Yevrosiyo tuneli" xizmatga tayyor...

Turkiyaning Istanbul shahrida qurilgan dengiz osti ko’prigi "Yevrosiyo tuneli" ertaga soat 14:00da Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an va Bosh vazir Binali Yildirimning tashrifi bilan tantanali ravishda ochiladi.

633449
Istanbulda qurilgan "Yevrosiyo tuneli" xizmatga tayyor...

Turkiyaning Istanbul shahrida Osiyo bilan Yevropa qit’asini bir-biriga ulagan dengiz osti ko’prigi "Yevrosiyo tuneli" ertaga soat 14:00da Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an va Bosh vazir Binali Yildirimning tashrifi bilan tantanali ravishda ochiladi.

Istanbuldagi transport muammosini tubdan bartaraf etadigan dengiz osti ko’prigi vositasida Istanbulning Osiyo va Yevropa qit’asi o’rtasidagi masofa 15 daqiqaga tushiriladi.

“Yevrosiyo tuneli” deb nomlangan ko’prikning 5.4 kmlik bo’limi dengiz tagiga maxsus texnologiya vositasida barpo etilgan ikki qavatli tuneldan iborat bo'lib, bu tunel boshqa metodlar bilan barpo etilgan maxsus tunellarga ulanadi.

Yevropa va Osiyo qirg’og’idagi 9.2 kmlik masofada yo’lni kengaytirish va ta’mirlash faoliyatlari yakunlandi.

Dunyodagi eng ilg’or muhandislik loyihalaridan biri bo’lgan suv osti ko’prigi 24 soat mobaynida to’xtovsiz xizmat berish imkoniyatiga ega.

Tunel ko’prikda maksimum tezlik soatiga 70 kmni tashkil qiladi.

Tunelni loyihalashtirish, barpo etish va 24 yil 5 oy mobaynida xizmatidan foydalanish haqqi Yevrosiyo tuneli boshqarish inshoat va investitsiya sanoat va tijorat anonim shirkatiga (ATAŞ) tegishli.

Bu muddat yakunlangach, tunel davlatga o’tkaziladi.

 

 



Aloqador xabarlar