Suriyada tan jarohati olgan turk askarlari Turkiyaga olib kelindi

Eslatib o'tamiz, Suriyadagi DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash olib borayotgan Erkin Suriya armiyasi Turk qurolli kuchlari tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda.

627478
Suriyada tan jarohati olgan turk askarlari Turkiyaga olib kelindi

Suriyaning Halab viloyatiga qarashli al-Bob mintaqasida uyushtirilgan hujum oqibatida tan jarohati olgan turk askari, Turkiyaning Kilis viloyatidagi Davlat kasalxonasida davolanmoqda.

Turk qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning shimolidagi terror obyektlariga qarshi uyushtirilgan Firat qalqoni amaliyoti natijasida ba’zi qo’shinlar al-Bobga yaqinlashib qoldi.

Ushbu amaliyot chog’ida tan jarohati olgan 2 nafar askar chegaradan olinib, tez yordam mashinasi orqali Kilis davlat kasalxonasiga yetkazib borildi.

Davolanayotgan askarlarning ahvoli yaxshi.

Shu bilan birga Erkin Suriya armiyasi bilan DEASh terror tashkiloti o’rtasidagi to’qnashuvlar doirasida tan jarohati olgan 5 nafar suriyalik ham, davolash maqsadida Turkiyaga olib kelindi.

Halabning Chobanbey tumanidagi bir qishloqda tan jarohati olgan 5 nafar suriyalik, hozirda Kilis Davlat kasalxonasida davolanmoqda.



Aloqador xabarlar