Turkiya Respublikasining 93 yilligi butun mamlakat bo'ylab keng nishonlamoqda

Poytaxt Ankaradagi davlat marosimlari Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an boshchiligidagi davlat arboblarining Otaturk mavzoleyiga gulchambar qo’yishi bilan boshlandi.

599383
Turkiya Respublikasining 93 yilligi butun mamlakat bo'ylab keng nishonlamoqda
cumhuriyet bayramı program1.jpg

Bugun Turkiya Respublikasining 93 yilligi butun mamlakatda, shuningdek Shimoliy Kipr Turk Respublikasida va xorijdagi Turkiya vakolatxonalarida katta marosimlar bilan nishonlanmoqda.

Poytaxt Ankaradagi davlat marosimlari Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an boshchiligidagi davlat arboblarining Otaturk mavzoleyiga gulchambar qo’yishi bilan boshlandi.

So’ngra, Prezident Erdog’an Anitkabirdagi xotira daftariga o’z tuyg’ularini yozib, imzoladi.

“Bundan 93 yil muqaddam o’z erkinligi va istiqbolidan aslo voz kechmasligini butun dunyoga e’lon qilgan xalqimiz bugungi kunda ham xuddi shunday kuchli irodaga ega. 15 iyuldagi to’ntaruv tashabbusiga qarshi qahramonlarcha kurash 93 yil oldin Ozodlik urushida g’alabaga yetaklagan iroda va mustahkam iymonning natijasidir”,-deb yozadi Prezident Erdog’an.

Shuningdek, bugun 29-oktyabr Respublika bayrami munosabati bilan tarixiy birinchi majlis va Turkiya Oliy majlisida turli bayram tadbirlari o’tkazilmoqda.

Qolaversa, tarixiy birinchi majlis bilan Turkiya Oliy majlisi o’rtasida parad namoyishi o’tkazildi.

Prezident Erdog’an bugun 29-oktyabr Respublika bayrami munosabati bilan prezidentlik saroyida rasmiy ziyofat beradi.

 

 

 



Aloqador xabarlar