Turkiya, aviatsiya transporti sohasida yana bitta shartnomaga imzo chekdi

Turkiya bilan Laos o’rtasida, fuqaro aviatsiyasi sohasidagi munosabatning mustahkamlanishini ta’minlaguvchi shartnoma Kanadaning Montreal sharida imzolandi.

579410
Turkiya, aviatsiya transporti sohasida yana bitta shartnomaga imzo chekdi

Turkiya bilan Laos o’rtasida, fuqaro aviatsiyasi sohasidagi munosabatning mustahkamlanishini ta’minlaguvchi shartnoma Kanadaning Montreal sharida imzolandi.

Montrealdagi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) Markaziy apparatida bo’lib o’tgan marosimda shartnomaga Turkiyaning Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti Doimiy vakili-elchi Ali Riza Cholak bilan Laosning Ijtimoiy mehnat va transport vaziri Bounchanh Sinthavong tomonidan imzo otildi.

Cholak, bu shartnoma uchun Turkiya bilan Laos 2011-yili kelishib olganligini eslatib, “Shartnoma, ikki mamlakat o’rtasidagi fuqaro aviatsiyasi sohasini mustahkamlash uchun muhim rol o’ynaydi. Shuningdek bu shartnoma Istanbul va Laos poytaxti Ventyan o’rtasida bir haftada 7 reysqacha bo’lgan qatnovlarning boshlashiga ham yo’l ochadi” dedi.

Turkiya shu bilan aviatsiya transporti sohasida 165-mamlakat bilan shartnoma imzolagan bo’ldi.

Undan tashqari Turkiya, asoschilaridan biri bo’lgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO)ning Kengash a’zoligiga nomzod bo’ldi.

Agar Turkiya Kengash a’zosi deb saylangudek bo’lsa unda Turkiya ham 2017, 2018 va 2019-yillari Kengash orqali tanishtiriladi va bu vaziyat Turkiyaning Xalqaro fuqaro aviatsiyasining rivojlanishi mavzusida muhim vazifalar olishiga yo’l ochadi.   



Aloqador xabarlar