Turkiya bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o’rtasida protokol imzolandi

Protokolni Turkiya Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Suleyman Soylu bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Hamza Erhan Saner imzoladi.

558157
Turkiya bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o’rtasida protokol imzolandi

Turkiya bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o’rtasida hamkorlik, mehnat va ish bilan ta’minlash sohasi bo'yicha protokol imzolandi.

Protokolni Turkiya Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Suleyman Soylu bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Hamza Erhan Saner imzoladi.

Suleyman Soylu imzo marosimida so’zga chiqib, Turkiyaning ijtimoiy xavfsizlik bo’yicha qo’lga kiritgan tajribalari, yutuqlari, soha poydevorini qanday tashkil qilish, salomatlik, pensiya va xizmat faoliyatlarini qanday amalga oshirish metodlarini hamda bunga doir tajribalarini Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bilan o’rtoqlashish istagini tilga oldi.

“Shunga ishonamanki, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bu ma’noda o’z o’lchoviga ko’ra, ijtimoiy xavfsizlik sistemasi va mehnat hayotida namunali sistema tashkil qiladi”,-deydi Suleyman Soylu.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Hamza Erhan Saner ham Turkiyaning bu soha bo’yicha tajribalaridan foydalanish istagini tilga oldi.

“Mushtarak maqsadimiz xalqimizga sifatli xizmat qilish va ijtimoiy xavfsizlik sohasida tajribalarni o'zaro o’rtoqlashishdir”,-deya ta’kidlagan Hamza Erhan Saner Turkiya rasmiylariga minnatdorchilik bildirdi.

 



Aloqador xabarlar