Nabi Avji, 15-iyul kuni bosib olinmoqchi bo’lgan Politsiya markazini ziyorat qildi

Madaniyat va Turizm vaziri Nabi Avji o'z ziyorati chog'ida, 15-iyul voqeasida demokratiyani himoya qilgani uchun turk xalqini olqishlar ekan jahon axborot agentliklarini esa qattiq tanqid qildi.

541328
Nabi Avji, 15-iyul kuni bosib olinmoqchi bo’lgan Politsiya markazini ziyorat qildi

Madaniyat va Turizm vaziri Nabi Avji, 15-iyul voqeasida demokratiyani himoya qilgani uchun xalqni olqishlar ekan jahon axborot agentliklarini qattiq tanqid qildi.  

“Bir millatning o’z demokratiyasini qanday himoya qilganiga hammamiz guvoh bo’ldik. Turk axborot agentliklari ham jonli efirlar orqali ularga kerakli javobni berdi” dedi.

Nabi Avji, 15-iyul kuni yuz bergan to’ntarish tashabbusi chog’ida bosib olishga harakat qilingan Istanbulning Chengelko’y tumanidagi Politsiya markazini ziyorat qildi.

O’z ziyorati chog’ida nomi tilga olingan Politsiya markazida shahid bo’lgan xodimlarga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga esa shifo tilagan Nabi Avji,

“Ana shu kuni, ana shu dahshatli kecha qahramonlardek ko’chalarga chopib, demokratiya uchun kurashgan xalqimizga, xavfsizlik xodimlarimizga qayta-qayta minnatdorchilik bildiraman. Ollox vatanimizni ham, millatimizni ham o’zi asrasin” deya gapirdi.   



Aloqador xabarlar