Bosh vaziri Yildirim Turkiya barcha o'lkalar bilan do'stlik rishtalarini mustahkamlashtiradi.

Bosh vaziri Binali Yildirim, Turkiya qo’shnilari bilan aloqalarini mustahkamlashtirib, “ do’stligimizni kuchaytiramiz, dushmanlikni  kamaytiramiz” dedi.

527519
Bosh vaziri Yildirim Turkiya barcha o'lkalar bilan do'stlik rishtalarini mustahkamlashtiradi.

Bosh vaziri Binali Yildirim, Turkiya qo’shnilari bilan aloqalarini mustahkamlashtirib, “ do’stligimizni kuchaytiramiz, dushmanlikni  kamaytiramiz” dedi.

Bosh vazir Yildirim, Adolat va taraqqiyot Partiyasi Anqara viloyat rahbariyatidagi  siyosat akademiyasi ta’lim dasturiga  qatnashdi.

Bu yerda  bir ma’ruza qilgan Yildirim, dunyoda Turk bayrog’i to’lqinlanmagan bir joy bo’lmaganini  ma’lum qilib, Turkiya barcha o’lkalarni  do’st sifatida ko’rganini, bundan so’ngra ham Qora dengiz va O’rta yer dengizni o’rab olgan o’lkalar bilan do’stliklarini mustahkamlashtirib, kelishmovchiliklarni eng quyi saviyaga tushiramiz dedi.

“ mintaqamizda va dunyoda tinchlikni  yoyish uchun eng faol shaklda sa’y- harakat qilamiz.”

Degan Bosh vazir, Isroil va Rossiya bilan aloqalarni o’z iziga tushirdik deb anglatdi.Bosh vazir,

“ qo’shnilarimiz bilan aloqalarni yana ham rivojlantiramiz. Iroq bilan, Suriya bilan, Misr bilan, barcha mintaqadagi o’lkalar bilan   janjal qilishimiz, aloqalarimizning buzilishi uchun  juda ko’p  sabab yo’q albatta. Aloqalarimizni  rivojlantirish uchun juda ko’p sababimiz bor.” Deb aytdi.

Terror voqealari va terror bilan kurash borasida ham to’xtagan Yildirim,

“ Terrorni Turkiyada nazorat qilishimiz, kun tartibining eng quyi saviyasiga tushirishimiz eng dolzarb masaladir, kimsa bizga nasihat bermasin. Ushbu operatsiyalar nima uchun yakunlanmaydi deb so’rashiga  fursat bermaylik.  Bo’lginchi terror tashkiloti, tinch aholini o’ldirishga davom etsa, askarimizga, siyosatchimizga, o’q  uzib shahid qilishga davom etsa, Yurtdoshimizni qo’rqitib  huzur- halovatini buzishga davom etsa , o’lkamizning har burchagida sayohat qila olmasa  albatta operatsiyalar davom etadi.” Dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qo'shni , #O'lka , #Dunyo , #Do'stlik , #Mustahkam

Aloqador xabarlar