Prezident Erdog’an, Keniyada

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Sharqiy Afrika ziyorati doirasida bugun Keniyada.

502522
Prezident Erdog’an, Keniyada

Uganda ziyorati o’z yakuniga yetganidan keyin Prezident Erdog’an, kecha oqshom soatlarida turmush o’rtog’i Emine Erdog’an bilan birgalikda Keniya poytaxti Nayrobiga qarab yo’l oldi.  

Prezident Erdog’an Nayrobi ziyorati chog’ida avvalom bor Keniyaning birinchi Davlat rahbari Jomo Kenyattaning qabriga gulchambar qo’yadi.  

Ortidan, Janob Erdog’an uchun Prezidentlik saroyida rasmiy marosim bo’lib o’tadi.

Erdog’an, Keniya Davlat rahbari Uhuru Kenyatta bilan o’zaro uchrashuv o’tkazganidan keyin ikki lider hay’atlararo yig’ilishga rahbarlik qiladi.

Turli shartnomalarga qo’l qo’yilishi rejalashtirilgan ziyoratda, Erdog’an va Kenyatta mushtarak matbuot anjumani uyushtiradi.

Nayrobidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti ofisini ham ziyorat qiladigan Prezident Erdog’an, u yerda ko’chat ekadi.

Oqshom soatlarida esa, ikki davlat ishbilarmonlari o’rtasida bo’lib o’tadigan forumda ishtirok etadi.



Aloqador xabarlar