DEAShning Kilis hujmiga qarshi, Turq qurolli kuchlari gaubitsa to'pi otdi

Kecha oqshom soatlarida Suriyadagi DEASh terror tashkiloti Kilisga raketa o'qi otgan edi. Oqibatida esa 5 nafar Turk fuqarosi tan jarohati olgan.

499318
DEAShning Kilis hujmiga qarshi, Turq qurolli kuchlari gaubitsa to'pi otdi

Suriyadagi DEASh terror tashkiloti tomonidan kecha Turkiyaning Kilis viloyatining, Elbeyli tumaniga raketa o’qi otildi. Oqibatida 5 nafar Turk fuqarosi tan jarohati oldi. Bunga qarshi Turk qurolli kuchlari DEASh terror tashkiloti mavzelariga 233 ta gaubitsa to’pi, 40 ta raketa o’qi va 4ta tank orqali o’q otdi. Koalitsion kuchlari esa Turk qurolli kuchlarini havo hujumi orqali qo’llab-quvvatladi. Oqibatida DEASh terror tashkilotiga oid qarorgohlardan 7 tasi yo’q qilindi. Undan tashqari 104 nafar DEASh terror tashkiloti a’zosi o’ldirildi.

Bu haqida Turkiya Respublikasi Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi ma’lumot tarqatdi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Kilis , #DEASh terror tashkiloti

Aloqador xabarlar