Bursadagi xudkushlikda ham PKK izi bor

O’tgan chorshanba kuni yani 27-aprelda Bursada, xudkushlik hujumi yuz bergan edi.

482444
Bursadagi xudkushlikda ham PKK izi bor

Turkiyaning Bursa viloyatida o’tgan chorshanba kuni yuz bergan teraktni PKK terror tashkiloti amalga oshirgan bo’lishi mumkin.

Tarixiy Ulug’ jome’ masjidi yaqinlarida, belidagi bombani portlatib 13 kishining tan jarohati olishiga sabab bo’lgan hujumga qo’l urgan PKK terror tashkiloti a’zosi ayolning, kim ekanligini aniqlash ishlari davom etmoqda.

Xudkush ayolning oilasi topilgach ulardan DNK namunasi olinadi va testlar natijasida xudkushning kim ekanligi aniqlanadi.

Politsiya xodimlari, voqea joyidan topgan va “Sultan Hanım” deb yozib qo’yilgan avtobus chiptasidagi raqamdan boshlab barcha ma’lumotlarni nazarda tutgan holda, terroristga portlaguvchi modda yetkazib bergan, Bursaga yetib kelishi ortidan unga ko’maklashgan barchani aniqladi. Voqea bo’yicha 6 kishi nazorat ostiga olindi.

Terroristning, 25-aprel kuni Ulug’ jome’ masjidi va atrofida bir erkak va bir ayol kishi bilan kashfiyot yuritganligi ma’lum bo’ldi.

Xudkushlik qilish uchun bitta uyali telefon xarid qilib olgan terroristning, ortidan bombani joylashtirish maqsadida Kapali charshi yani Yopiq bozordan sumka xarid qilib olganligi ham kamera tasvirlaridan ma’lum bo’ldi.

Terroristning, Ulug’ jome masjidi atrofidagi 2 nafar politsiya xodimini ko’rganidan 7 soniya o’tgach, bombani portlatganligi aniqlandi.

 



Aloqador xabarlar