Sare Davuto’g’li, nogironlarning muvaffaqiyatiga e’tibor qaratdi

Sare Davuto’g’li, nogironlarga bag’ishlangan “Mustaqil yashash platformasi” tomonidan uyushtirilgan “Mustaqil qalamlar yarmarkasi” uchun nutq so’zladi.

443292
Sare Davuto’g’li, nogironlarning muvaffaqiyatiga e’tibor qaratdi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Ahmet Davuto'g'lining turmush o'rtog'i Sare Davuto'g'li, nogironlarga bag'ishlangan “Mustaqil yashash platformasi" tomonidan uyushtirilgan “Mustaqil qalamlar yarmarkasi" uchun nutq so'zladi.

O'z nutqida ilm-fan, san'at, adabiyot va siyosat olamida jamiyatga o'rnak bo'lgan nogiron insonlarning ham borligiga e'tibor qaratgan Sare Davuto'g'li, “ularning bu muvaffaqiyati esa yaxshi niyat va ishonch bilan har qanday to'siqni yengib o'tishning mumkinligini ko'rsatadi" dedi.

Shuningdek Davuto'g'li,

“Agar bir inson quloqlari eshitmagan holda dunyoning eng chiroyli musiqasini bastalay olsa, agar bir inson ko'zlari ko'rmagan holda dunyoning eng chiroyli manzarasini chiza olsa…. Bizlar uchun bundan yana da katta baht bormi? Barchamizga ma'lum... agar odam bolasi xohlasa yaxshi niyat va ishonch bilan har qanday to'siqni yengib o'tish mumkin. Buni birgalikda amalga oshira olamiz, bunga ishonchimiz komil" deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar: #Sare Davuto'g!li , #nogironlar , #yarmarka

Aloqador xabarlar