Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anning G'arbiy Afrika ziyorati davom etmoqda

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an bugun Nigeriya Prezidenti Muhammad Buhoriy bilan uchrashadi.

442836
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anning G'arbiy Afrika ziyorati davom etmoqda

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anning G'arbiy Afrika ziyorati davom etmoqda.

G'arbiy Afrika mintaqasida joylashgan Gana Respublikasida bo'lgan Prezident Erdog'an Gana Respublikasi Prezidenti Johm Dramani Mahama bilan uchrashdi.

Bo'lib o'tgan uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi aloqalar ko'zdan kechirildi.

So'ngra, ikki davlat rahbari tadbirkorlar forumiga qatnashdi.

Forumda ikki davlat tadbirkorlariga hitob qilgan Erdog'an dunyo iqtisodiyoti ohirgi yillarda mashaqqatli va nozik davrni boshidan o'tkazganini tilga oldi.

Gana bilan Turkiya o'rtasidagi tijorat hajmini 400 mln dollardan 1 mlrd dollarga chiqarish maqsad qilinganini tilga olgan Erdog'an, Turk Havo Yo'llari Akra shahriga haftada 7 marta amalga oshirgan samolyot safarlarini 14 nafarga chiqarishi uchun tegishli rahbarlarga buyruq berganini ma'lum qildi.

Prezident Erdog'an tadbirkorlar forumidan so'ng, Akraning musulmonlar gavjum yashagan Kanda hududida qurilgan Millat jome'yini ziyorat qildi.

So'ngra, Prezident Erdog'an Gana safarini yakunlab, Nigeriyaning poytaxti Abujaga jo'nab ketdi.

Erdog'an bugun Nigeriya Prezidentlik saroyidagi rasmiy kutib olish marosimidan so'ng, Nigeriya Prezidenti Muhammad Buhoriy bilan uchrashadi.

So'ngra, ikki davlat rahbari boshchiligida hay'atlararo uchrashuv amalga oshiriladi.

Uchrashuvlarda ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar hamda dolzarb mintaqaviy va global o'zgarishlar muhokama qilinadi.

Uchrashuv yakunlangach, Prezident Erdog'an Turkiyaning Abujadagi elchixonasiga tashrif buyuradi.

Erdog'an poytaxt Abujadagi rasmiy uchrashuvlarini yakunlab, Gvineya Respublikasiga jo'nab ketadi.



Aloqador xabarlar