Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Chili Respublikasida...

Prezident R.T.Erdog’an Arturo Merino Benitez Xalqaro aerportida Chili Tashqi ishlar vaziri Heraldo Munoz va boshqa vakillar tomonidan kutib olindi.

426129
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Chili Respublikasida...
cumhurbaşkanı-şili

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Lotin Amerika ziyorati doirasida Chili Respublikasiga tashrif buyurdi.

Prezident R.T.Erdog'an Arturo Merino Benitez Xalqaro aerportida Chili Tashqi ishlar vaziri Heraldo Munoz va boshqa vakillar tomonidan kutib olindi.

Prezident R.T.Erdog'an 2010 yili Chiliga ilk marta rasmiy ziyorat amalga oshirgan dastlabki Turkiya Bosh vaziri edi.

Endi esa, prezident sifatida Chilining poytaxti Santiagoga tashrif buyurdi.

Erdog'an Santiagoda La Moneda madaniyat markazida Turkiya bilan Chili o'rtasidagi o'zaro aloqalarning 90 yilligiga bag'ishlangan ko'rgazmani tomosha qiladi.

So'ngra, Santiago shahridagi Turkiya elchixonasida beriladigan ziyofatga tashrif buyuradi.

Prezident R.T.Erdog'an La Moneda saroyida Chili Prezidenti Michelle Bachelet bilan uchrashadi.

Seshanba kuni esa, BMT mezbonligida o'tkaziladigan dasturga qatnashadi.

Prezident R.T.Erdog'anning tashrifi chog'ida, ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar ko'zdan kechiriladi.

Ikki davlat o'rtasida masofa uzoq bo'lishiga qaramasdan, asosan ma'danchilik va mudofaa sanoatidagi hamkorlik e'tiborga molik.

Turkiya Chiliga traktor, temir-po'lat mahsulotlari va gilam kabi tekstil mahsulotlarini jo'natmoqda.

Buning evaziga mis va meva mahsulotlarini import qilmoqda.

Hozirda Turkiya-Chili o'rtasida vizasiz sayohat va erkin tijorat shartnomasi kabi jami 9 mavzuda hamkorlik shartnomasi mavjud.

Prezident R.T.Erdog'anning tashrifidan foydalanib, ikki davlat o'rtasidagi tijoriy hamkorlik faoliyatlari asosida yangi sohalarga ham e'tibor qaratilishi kutilmoqda.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anga ziyorati chog'ida rafiqasi Emine Erdog'an, Bosh vazir o'rinbosari Yalchin Akdog'an, Bilim, sanoat va texnologiyalar vaziri Fikri Ishik, Energiya va tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak bilan sobiq vazirlardan Nihat Zeybekchi va Mehdi Eker hamrohlik qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #prezident , #Erdog'an , #Chili

Aloqador xabarlar