Prezident Erdo‘g‘an Turkiya-Suriya chegarasidagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi

Erdo‘g‘an poytaxt Anqaradagi Prezidentlik kulliyasida uyushtirilgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.

1848958
Prezident Erdo‘g‘an Turkiya-Suriya chegarasidagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an:

“Suriya bilan bo‘lgan chegaralarimizda tashkil eta boshlagan xavfsizlik koridorida kamchiliklar bor. Ana shu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan kerakli tayyorgarliklarimiz tugashi bilan yangi amaliyotlarni boshlaymiz”.-dedi.

Erdo‘g‘an poytaxt Anqaradagi Prezidentlik kulliyasida uyushtirilgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.

Unda, Turkiya-Suriya chegarasida tashkil etila boshlagan xavfsizlik koridoridagi kamchiliklarni bartaraf etishdan hamon keyin yangi harakatlar boshlashini ma’lum qilgan Prezident:

“Turk Qurolli kuchlarimizning barcha unsurlariga tayyorgarlik ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman”.-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an so‘zlari davomida bugun Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida ishtirok etishini ham bildirgan holda:

“Yurtimizning haq va manfaatlaridan kelib chiqqan holda zarur bo‘lgan har qanday ishlarni bajaramiz”.-deya gapirdi.

Prezident Erdo‘g‘an:

“(NATO sammiti) PKK/YPG va FETO kabi terror tashkilotlariga nisbatan ko‘rsatilgan ikkiyuzlamachiliklarni tegishli tomonga hujjatlar, ma’lumotlar va tasvirlar bilan ifoda etamiz”.-dedi.



Aloqador xabarlar