Bayraktar AKINCI B rusumidagi transport yangi rekord qayd etdi

Turkiyaning Bayraktar AKINCI B rusumidagi transporti yangi rekord qayd etdi.

1847396
Bayraktar AKINCI B rusumidagi transport yangi rekord qayd etdi

Mudofaa sanoati yetakchiligi rahbarligida amalga oshirilgan AKINCI loyihasi doirasida Baykar tomonidan milliy va original tarzda ishlab chiqilgan Bayraktar AKINCI TIHA (Hujum qila olish kuchiga ega insonsiz havo transporti), baland uchish bo‘yicha shu bilan uchinchi marotaba rekord o‘rnatdi.

Baykarning bayonotiga ko‘ra 21-iyun kuni chidamlilik, balandlik va yuqori tezlik sinovlarini o‘tkazish uchun havoga ko‘tarilgan va 2 750 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan Bayraktar AKINCI B, test doirasida 45 ming 118 fut (13 ming 716 metr) balandlikka ko‘tarilib, 20 soat 23 daqiqalik uchish ortidan Tekirdag‘ning Chorlu havo maydoni qo‘mondonligidagi Bayraktar AKINCI uchish, o‘quv va sinov markaziga qaytdi.

AKINCI B, uchish bo‘yicha jami 6 ming 406 kilometr yo‘l bosib o‘tgach, sinov faoliyatlarini muvaffaqiyatli tamomladi.

Bayraktar AKINCI TIHAning 2 dona 450 ot kuchiga ega dvigatel konfiguratsiyasi bilan ishlaydigan Bayraktar AKINCI A rusumi, 8-iyul kuni o‘tkazilgan sinov doirasida 38.039 fut balandlikka ko‘tarilib, rekord o‘rnatgandi.

Bayraktar AKINCI B rusumi esa 11-mart kuni 40.170 fut balandlikka ko‘tarilib, yana o‘ziga xos rekord qayd etgandi. Kecha, 22-iyun kuni 45 ming 118 fut balandlikka chiqqan Bayraktar AKINCI B, balandlik bo‘yicha uchinchi marta rekord o‘rnatdi.



Aloqador xabarlar