Erdo'g'an raisligida Turkiya Xavfsizlik kengashi yig'ilishi o'tkaziladi

Turkiya Xavfsizlik kengashi Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lish bo‘yicha arizalari, Iroq shimolidagi aksilterror operatsiyasi o‘tkazilayotgan hududdagi vaziyat hamda Gretsiyaning harbiy salohiyati kuchayishi masalalarini muhokama qiladi.

1832360
Erdo'g'an raisligida Turkiya Xavfsizlik kengashi yig'ilishi o'tkaziladi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an boshchiligidagi Turkiya Xavfsizlik kengashi Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lish bo‘yicha arizalari, Iroq shimolidagi aksilterror operatsiyasi o‘tkazilayotgan hududdagi vaziyat hamda Gretsiyaning harbiy salohiyati kuchayishi masalalarini muhokama qiladi.

Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi ertaga, 26 may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush mavzusi ham ko‘rib chiqiladi.  

Bundan tashqari, Egey va O‘rta yer dengizi sharqidagi vaziyat, Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi manfaatlari va huquqlarini himoya qilish mavzusini ham batafsil muhokama qilinadi.  

Kengash a’zolari Turkiyaning janubiy chegaralarida xavfsizlik hududlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rib chiqadi.  


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar