Mavlud Chavusho‘g‘li bugun Falastin va Isroilga safar qiladi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy va Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan muzokaralar o‘tkazadi.

1831273
Mavlud Chavusho‘g‘li bugun Falastin va Isroilga safar qiladi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bugun, 24 may kuni Falastin va Isroilga tashrif buyuradi.

Qayd etilishicha, Mavlud Chavusho‘g‘li 2010 yilda ikki davlat diplomatik idoralari o‘rtasida tashkil etilgan Turkiya va Falastin Tashqi ishlar vazirlari qo‘shma qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etadi. Shuningdek, u Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy va Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan muzokaralar o‘tkazadi. 

Chavusho‘g‘li shu kuni Falastinga tashrifini yakunlab Isroilga jo‘nab ketadi va u yerda Tashqi ishlar vaziri Yair Lapid bilan uchrashadi.

Muzokaralarda ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Mazkur ziyorat Turkiya Tashqi ishlar vazirining Isroilga 15 yil ichida ilk bor rasmiy darajada tashrifi hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Chavusho‘g‘li  Isroilga tashrifi chog‘ida elchilarni qaytarish va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni to‘liq normallashtirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilayotganini aytgan.



Aloqador xabarlar