Erdo'g'an:"Turkiya Shvetsiyaning qurol embargosiga ko'z yuma olmaydi"

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Go’ljuk kemasozlik zavodida o’tkazilgan marosimda so’zlagan nutqida ma'lum qildi.

1830865
Erdo'g'an:"Turkiya Shvetsiyaning qurol embargosiga ko'z yuma olmaydi"

 

Turkiya Shvetsiyaning mamlakatga joriy etgan qurol embargosiga ko'z yuma olmaydi.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Go’ljuk kemasozlik zavodida o’tkazilgan marosimda so’zlagan nutqida ma'lum qildi.

Turkiyaning yangi turdagi suv osti kemalari texnik xususiyatlari bilan hayratlanarli ekanligini ta'kidlagan Erdo'g'an, “Joriy yildan boshlab biz har yili bittadan suv osti kemamizni foydalanishga topshirib, 2027 yilgacha 6ta suv osti kemamizni dengiz flotimizga qo‘shamiz”,- dedi.

Erdo'g'anning ta'kidlashicha, Turkiya o'z tarixida hech qachon osonlikcha muvaffaqiyatga erishmagan.

“DEASHning chegara viloyatlarimizni nishonga olgan raketa hujumlariga qarshi kurashayotgan kunlarimizda havo mudofaa tizimimiz sug'urib olib ketildi. Bizga pulga ham berilmagan  qurollar DEASHga qarshi kurash bahonasida yuk mashinalari bilan qonli terror tashkilotlariga (PKK) topshirildi. Turkiya terror tashkilotlari tomonidan chambarga olinishga harakat qilindi. Biz do‘st deb bilgan mamlakatlarning xiyonatlariga, ittifoqchi deb bilgan davlatlarning hiyla-nayranglariga qaramay, terrorga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozondik. Turkiya mudofaa ehtiyojlarini qondirish va terrorizmga qarshi 40 yillik kurashida ittifoqdoshlaridan kutgan yordamni olmadi",-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lish uchun topshirgan arizasiga ham to'xtalgan Erdo'g'an: “Biz Shvetsiya tomonidan qo'yilgan qurol embargosini bir chetga surib qo'ya olmaymiz va buning uchun hech qanday mantiqli izoh yo'q. NATOdagi rolimiz aniq bo'lsa-da, biz hamon ittifoqchilarimiz bilan sanksiyalarni bekor qilish haqida gaplashmoqdamiz. Bizning talablarimiz inobatga olinishi kerak, aniq qadamlar qo'yilishi kerak”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar