Kolumbiya rahbari Turkiyaga tashrif buyuradi

Kolumbiya Prezidenti Ivan Duque Marquez, Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning taklifiga binoan bugun Turkiyaga tashrif buyuradi.

1829503
Kolumbiya rahbari Turkiyaga  tashrif buyuradi

 

Kolumbiya Prezidenti Ivan Duque Marquez, Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning taklifiga binoan bugun Turkiyaga tashrif buyuradi.

Prezidentlik Aloqa boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Markes Erdo'g'anning taklifiga binoan 20-22 may kunlari Turkiyaga amaliy tashrif bilan boradi.

Tashrif chog'ida bo'lib o'tadigan uchrashuvlarda Turkiya va Kolumbiya o'rtasidagi munosabatlar har tomonlama ko'rib chiqiladi va hamkorlikni yaxshilash uchun tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar muhokama qilinadi.

Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlarga katta hissa qo'shadigan kelishuvlarning imzolanishi ham kun tartibidan o'rin oladi.

Uchrashuvlarda dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar hamda ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.



Aloqador xabarlar