Chavushoʻgʻlu: Armaniston Ozarbayjon masalasida yaxshi niyatli yondashuvlarga javob berishi kerak

Mavlut Chavushoʻgʻlu Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Xalqaro Migratsiyani koʻrib chiqish forumida qatnashganidan soʻng ozarbayjonlik jurnalistlar savoliga javob berdi.

1829500
Chavushoʻgʻlu: Armaniston Ozarbayjon masalasida yaxshi niyatli yondashuvlarga javob berishi kerak

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Armanistonning Ozarbayjon masalasida yaxshi niyatli yondashuvlarga javob berishi kerakligini qayd etgan holda,

“Armanistondagi yetakchilik, ichkaridagi radikallar va tashqaridagi diaspora tomonidan bosim ostida ekanini koʻryapmiz”,-dedi.

Mavlut Chavushoʻgʻlu Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Xalqaro Migratsiyani koʻrib chiqish forumida qatnashganidan soʻng ozarbayjonlik jurnalistlar savoliga javob berdi.

Ozarbayjon, qoʻlga kiritgan (Qorabogʻ) gʻalabasidan keyin mintaqada tinchlik xohlashini koʻrsatganini ifoda etgan Chavushoʻgʻlu, Armanistonga keng koʻlamli tinchlik kelishuvi taklif qilinganini yodga soldi.

Keyinchalik chegaralarni aniqlash boʻyicha mushtarak komissiya tashkil etishning kun tartibiga olib chiqilganini, Belgiya poytaxti Bryusselda boʻlib oʻtgan yigʻilishlarda bu mavzularda kelishuvga erishilganini shuningdek, mushtarak chegara komissiyasi tuzilganini bildirgan Chavushoʻgʻlu:

“Keng koʻlamli tinchlik kelishuvi muzokaralarini tashqi ishlar vazirlari olib borishlari kerakligini aytishdi va bundan biz ham xursand boʻldik”.-deya gapirdi.

Ozarbayjonning shuningdek, Turkiya bilan Armaniston oʻrtasidagi muzokaralarni ham qoʻllab-quvvatlaganini va buning ijobiy hol ekaniga e’tibor qaratgan Chavushoʻgʻlu quyidagi ifodalarga oʻrin berdi:

“Endilikda Armanistonning ham bu yaxshi niyatli yondashuvlarga javob berishi kerakligini har doim aytyapmiz. Armanistondagi yetakchilik esa ichkaridagi radikallar va tashqaridagi diaspora tomonidan bosim ostida”.



Aloqador xabarlar