TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1829336
TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriya shimolida joylashgan va “Tinchlik bulog‘i”, “Firot qalqoni” va “Zaytun novdasi” amaliyoti olib borilgan hududlarga qarshi ig‘vogar tusda o‘q uzgan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 19 nafar terrorist yo‘q qilindi.

Milliy mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida:

“Shahidimizning qonini yerda qoldirmadik, qoldirmaymiz. Suriya shimolida joylashgan Tinchlik bulog‘i, Firot qalqoni va Zaytun novdasi amaliyoti olib borilgan hududlarga qarshi ig‘vogar tusda o‘q uzgan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 19 nafar terrorist yo‘q qilindi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Eslatib o‘tamiz bugun ertalab, Suriya shimolida “Zaytun novdasi” amaliyoti olib borilgan hududda PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan qo‘l urilgan hujum oqbatida 13-may kuni tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan Haydar Shenelning, barcha urinishlarga qaramay shahid bo‘lgani ma’lum qilingandi.



Aloqador xabarlar