Prezident Erdo‘g‘an: “Turk yoshlarining salohiyatiga ishonamiz”.

Erdo‘g‘an, “19-may Ataturkni xotirlash, yoshlik va sport bayrami” munosabati bilan xalqqa murojaat qildi.

1829197
Prezident Erdo‘g‘an: “Turk yoshlarining salohiyatiga ishonamiz”.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an turk yoshlarining salohiyatiga ishonganliklarini bildirdi.

Erdo‘g‘an, “19-may Ataturkni xotirlash, yoshlik va sport bayrami” munosabati bilan xalqqa murojaat qildi.

Prezident Erdo‘g‘an ushbu murojaatida; G‘oziy Mustafa Kemal Ataturk tomonidan turk yoshlariga tuhfa qilingan 19-mayning, xalqning qarorlilik va mustaqillikka bo‘lgan muhabbatining dunyoga e’lon qilingan va qarshilik ko‘rsatish ruhining qayta tiklangan sana ekanini qayd etdi.

Bundan 103 yil muqaddam, 1919-yilning 19-mayi kuni Turk xalqining mustamlakachi va bosqinchi kuchlarga qarshi birgalikda bosh ko‘targanini, oxirgi va abadiy davlatni, Turkiya Respublikasini barpo etish uchun keng ko‘lamli kurash olib borgani va natijada dostonlarda qayd etilganidek qahramonlik ko‘rsatganini va nihoyat muvaffaqiyatga erishganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Bugun ham tariximizdan olgan kuch va mustaqillik ruhi bilan kelajak sari qadam tashlamoqdamiz. Turkiyaning taraqqiyoti va oʻsishiga toʻsqinlik qilmoqchi boʻlganlarga qarshi tinimsiz kurash olib boryapmiz. Buyuk va kuchli Turkiyani qurish ishtiyoqimizni saqlagan holda, bu yo‘lda eng muhim imkoniyat sifatida ko‘rgan yoshlarimizni har sohada qo‘llab-quvvatlab, ularga imkoniyat beryapamiz”.-dedi.

“Milliy ong va xarakterga ega yoshlarimiz uchun bor kuchimiz bilan xizmat qilib, turk yoshlarining salohiyatiga ishonamiz”.-degan Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyada ta’lim-tarbiya, sport, xavfsizlik, siyosat, savdo, san’at kabi har tarmoqda yoshlarni oldingi qatorda ko‘rishdan xursand ekanliklarini ifoda etdi.

Prezident,

“Mamlakatimizning 2023-yilga moʻljallangan maqsadlari va 2053-yilga moʻljallangan ko‘z qarashlarini amalga oshirish uchun yoshlarimiz bilan birga bo‘lishni davom ettiramiz. Mana shu fikrlar bilan 19-may Ataturkni xotirlash, yoshlik va sport bayramini takror tabriklab, G‘oziy Mustafa Kemal Ataturk bosh bo‘lish bilan birga Ozodlik kurashimizning barcha qahramonlarini hurmat bilan yodga olaman”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar