Mustafa Shentop: 19-may 1919-yildagi toʻliq mustaqillik ruhi bugun ham barhayotdir

Mustafa Shentop 19-Mayni, turk millatiga boʻlgan tarixiy kin va dushmanliklarini ochiq-oydin koʻrsatgan imperialistlarning vatanni bosib olish harakatlariga qarshi takror yaratilish dostoni yozila boshlagan kun deb baholadi.

1829372
Mustafa Shentop: 19-may 1919-yildagi toʻliq mustaqillik ruhi bugun ham barhayotdir

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentop, 19-may 1919-yildagi toʻliq mustaqillik ruhining bugun ham barhayot ekanini taʼkidladi.

Mustafa Shentop 19-May Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayramini, turk millatiga boʻlgan tarixiy kin va dushmanliklarini ochiq-oydin koʻrsatgan imperialistlarning vatanni bosib olish harakatlariga qarshi takror yaratilish dostoni yozila boshlagan kun deb baholadi.

Shentop Milliy kurash olib borgan, qadimiy tarixida ozodlik evaziga qoni va jonini berishdan hech qachon ikkilanmagan xalqiga yetakchilik qilib, ularni gʻalabaga erishtirgan Gʻoziy Mustafa Kemal Ataturkni va quroldoshlarini rahmat va minnatdorchilik bilan yodga olishini ifoda etdi.

19-may 1919-yil chiqilgan yo‘lning uzoq va mashaqqatli ekaniga e’tibor qaratgan Shentop quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:

“19-may 1919-yildagi toʻliq mustaqillik ruhi bugun ham barhayotdir va Turkiya milliy masalalaridagi qarorliligi, prinsipial va mustahkam munosabati orqali doʻstlariga ishonch va ilhom berib, kelajak sari qadam tashlashni davom etmoqda”.



Aloqador xabarlar