Turkiya Qrim tatarlari va cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi

Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Tanju Bilgich, cherkes va Qrim tatar surgunlari haqida yozma ravishda bayonot berdi.

1828797
Turkiya Qrim tatarlari va cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi

Turkiya, Qrim tatarlarining o‘zligining himoya qilinishi, ularning farovonligi va salomatligini ta’minlash uchun hamisha ular yonida bo‘lishni davom etishini bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Tanju Bilgich, cherkes va Qrim tatar surgunlari haqida yozma ravishda bayonot berdi.

Qrimning mahalliy xalqi Qrim tatar turklarining 1944-yilning 18-mayi kuni ona vatanlaridan majburlab koʻchirilgani va gʻayriinsoniy sharoitlarda surgun qilinganini qayd etgan Bilgich:

“Roppa-rosa 250 ming Qrim-tatarining koʻpchiligi surgun paytida yoki surgun qilingan joylarda hayotdan koʻz yumdi. Bugun mana shu fojiali voqeaga 78 yil toʻldi. Turkiya, Qrim tatarlarining o‘zligining himoya qilinishi, ularning farovonligi va salomatligini ta’minlash uchun hamisha ular yonida bo‘lishni davom etadi”.-dedi.

Tanju Bilgich, 21-may cherkes surgunining 158-yilligi ekanini ham yodga solgan holda:

“Kavkaz xalqlari 19-asrda Chor Rossiyasining Kavkazga bostirib kirishi chogʻida yuz minglab qurbon berdi. Tirik qolganlarining koʻpchiligi oʻz vatanlarini tashlab, Anado‘ludan panoh izladi. Cherkes surguni deb nomlangan bu fojianing ogʻrigʻini hali ham his qilamiz. Shu bois ham biz birodarimiz Qrim tatarlari va qardosh Kavkaz xalqlari boshidan kechirgan ikkala fojiada ham halok bo‘lganlar oldida hurmat bilan ta’zim qilamiz”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar