Mavlud Chavusho’g’li Nyu-York shahriga tashrif buyurdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li tashrif doirasida dastlab, Turk uyida Turk-Amerika jamiyati vakillari bilan uchrashdi.

1828613
Mavlud Chavusho’g’li Nyu-York shahriga tashrif buyurdi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlarining Nyu-York shahriga tashrif buyurdi.

Mavlud Chavusho’g’li tashrif doirasida dastlab, Turk uyida Turk-Amerika jamiyati vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kun tartibdagi dolzarb masalalar haqida fikr almashildi. Shuningdek, Ukrainadagi vaziyatga to’xtalgan Chavusho’g’li mamlakatda urush boshlanganini va mintaqadagi muammolar hamon davom etayotganini ta’kidladi.

"Bunday paytlarda yetakchilik va sog'lom fikrlab ish yuritish muhimdir. Bu Ukraina urushida yaqqol namoyon bo'ldi. Biz ushbu og'ir kunlarda Prezidentimiz Rajab Tayyip Erdo'g'an boshchiligidagi faol va prinsipial tashqi siyosatimiz bilan yo'limizni davom ettirmoqdamiz. Bu jarayonda biz olib borayotgan siyosat hamma tomonidan ko'riladi va qadrlanadi”,-dedi u.

Urushning davom etishini istagan davlatlar borligini ifoda etgan Chavusho'g'li, bundan Ukraina va Rossiya xalqi jabrlanganligini bildirdi.

Ikki davlat o'rtasida tezroq sulh tuzilishi kerakligini ta'kidlagan Chavusho'g'li, Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan tinch aholini evakuatsiya qilish borasida ish olib borayotganini bildirdi.

U Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tomonidan gumanitar masalalar, jumladan, BMT, Turkiya, Rossiya va Ukraina boʻyicha taklif qilingan muzokara guruhi haqida ma’lum qildi.

“Yaqin kunlarda texnik yig‘ilish o‘tkazishni ham rejalashtirganmiz”,-dedi Turkiya TIV rahbari.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho’g’li , #Turkiya

Aloqador xabarlar