Turkiya Afg‘oniston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Turkiya Afg‘onistonning Qandahor viloyatida Turkiya Maarif fondiga qarashli "Aino Mena" boshlang‘ich maktabi direktor o‘rinbosariga uyushtirilgan hujumni qoraladi.

1827509

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Turkiya Maarif jamg'armasiga qarashli "Aino Mena" boshlang'ich maktabi direktor o'rinbosarining shanba kuni uyushtirilgan hujum natijasida hayotdan ko'z yumgani katta qayg'u bilan ma'lum qilindi. 

"Afg’onistonda ta’limga katta hissa qo’shgan Turkiya Maarif jamg'armasiga tegishli maktabning mas’ul xodimiga sodir etilgan ushbu jirkanch hujumni keskin qoralaymiz va jinoyatchilarning eng qisqa vaqt ichida aniqlanib, javobgarlikka tortilishini umid qilamiz”,-deyiladi bayonotda.

Shuningdek, vafot etgan maktab direktori o‘rinbosariga hamda uning yaqinlari, do‘stlari va afg‘on xalqiga hamdardlik bildirildi.

Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar