Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lishiga qarshi chiqmoqda

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar idoralari rahbarlarining Berlindagi norasmiy uchrashuvi chog’ida ma’lum qildi.

1827402
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lishiga qarshi chiqmoqda
Jeppe Kofod.jpg
cavusoglu berlin nato.jpg

 

Turkiya xalqi Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishiga qarshi va o‘z davlati rahbariyatidan bu jarayonga to‘sqinlik qilishni so‘raydi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar idoralari rahbarlarining Berlindagi norasmiy uchrashuvi chog’ida ma’lum qildi.

“Bizning ittifoqchilarimiz va do‘stlarimiz ushbu terrorchi tashkilotni qo‘llab-quvvatlayotgani g‘azablanarli va qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Bizning ushbu terroristik tashkilotga qarshi kurashimiz nuqtai nazaridan, mudofaa mahsulotlarini yetkazib berishga cheklovlar qo‘yildi, ularning bir qismini biz NATOga a’zo bo‘lishni rejalashtirayotgan mamlakatlardan import qildik. Shu sababdan turk xalqining aksariyati PKK terror tashkiloti va suriyalik kurdlarning o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarini qo‘llab-quvvatlovchi ushbu mamlakatlarning kirib kelishiga qarshi bo‘lib, bu jarayonga to‘sqinlik qilishimizni ham so‘ramoqda. Lekin, bu muammolarni NATOdagi ittifoqchilarimiz va bu davlatlar bilan muhokama qilish kerak”, deb aytgan Chavusho‘g‘li. 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Finlyandiya va Shvetsiyani PKK terror tashkilotini ochiq qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblagan. 

“Turkiya NATOning ochiq eshiklar siyosatini boshidan qo‘llab-quvvatladi. Hatto alyansning ba’zi a’zolari mintaqamizdagi va Bolqon g‘arbidagi ba’zi davlatlarning NATOga kirishiga qarshi chiqqanlarida ham biz buni qo‘llab-quvvatladik. Bu ikki davlat Finlyandiya va Shvetsiya har kuni askarlarimizga hujum qiladigan PKK terror tashkiloti va suriyalik kurdlarning o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarini ochiq qo‘llab-quvvatlaydi va ular bilan muloqot qiladi. Kechagina biz bir harbiyni yo‘qotdik”, deb aytgan TIV rahbari.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush boshlashi ortidan uzoq yillar davomida betaraflik maqomida bo‘lib kelgan Finlyandiya va Shvetsiya NATOga qo‘shilish harakatiga tushdi. 

Eslatish joizki, joriy yilning 12 may kuni Finlyandiya Prezidenti va Bosh vaziri mamlakatning NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgandi. NATO ham bu davlatni ortiqcha jarayonlarsiz tashkilotga olishga tayyorligini bildirdi.

Buning ortidan rasmiy Moskva Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini e’lon qildi.

“Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi Shimoliy Yevropa mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni saqlashga hamda Rossiya-Finlyandiya ikki tomonlama munosabatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Rossiya o‘z milliy xavfsizligiga bu borada yuzaga keladigan tahdidlarni to‘xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘ladi”, deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Bundan tashqari, Shvetsiyaning hukmron Sotsial-demokratik partiyasi rahbariyati 15 may kuni Alyansga qo‘shilish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini e’lon qiladi. OAV xabarlariga ko‘ra, mamlakat kelasi hafta NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza beradi.

11 may kuni esa Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ikkala Skandinaviya davlatiga tashrif buyurib, Shvetsiya va Finlyandiya rahbarlari bilan o‘zaro xavfsizlik kafolatlarini imzoladi.

13 may kuni esa NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga ijobiy qaramasligini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Shvetsiya , #Finlyandiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar