Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi prezidenti Turkiyaga tashrif buyurdi

15-17 may kunlarini o’z ichiga olgan tashrif doirasida Turkiya-Jazoir Oliy darajali hamkorlik kengashining birinchi yig'ilishi bo’lib o’tadi.

1827385
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi prezidenti Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmecid Tebbun Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'anning taklifiga binoan kecha, 15-may kuni poytaxt Anqaraga tashrif buyurdi.

Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi bayonotiga ko'ra, 15-17 may kunlarini o’z ichiga olgan tashrif doirasida Turkiya-Jazoir Oliy darajali hamkorlik kengashining birinchi yig'ilishi bo’lib o’tadi. Mazkur yig’ilishga Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'an va Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmecid Tebbun raislik qiladi.

Ertaga Istanbulda o'tkaziladigan Turkiya-Jazoir biznes forumiga Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay va Jazoir Prezidenti Abdulmecid Tebbun rahbarlik qiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Abdulmecid Tebbun , #Jazoir , #Turkiya

Aloqador xabarlar