Istanbulda “NEXT by TRT World Forum” tashkil etildi

2017-yildan buyon dunyoning muhim global muammolarini kun tartibiga olib kelayotgan “TRT World Forum”ning yoshlarga mo’ljallangan tadbiri “NEXT by TRT World Forum” dunyoga mashhur va o’z sohasida mutaxassis bo’lgan ko’plab yoshlar ishtirokida o’tkazildi.

1827127
Istanbulda “NEXT by TRT World Forum” tashkil etildi

 

Dunyoga mashhur yoshlarni birlashtirish maqsadida “NEXT by TRT World Forum” tashkil etildi.

2017-yildan buyon dunyoning muhim global muammolarini kun tartibiga olib kelayotgan “TRT World Forum”ning yoshlarga mo’ljallangan tadbiri “NEXT by TRT World Forum” “Zorlu” madaniyat markazida dunyoga mashhur va o’z sohasida mutaxassis bo’lgan ko’plab yoshlar ishtirokida o’tkazildi. Minglab yoshlar ishtirok etgan tadbirda texnologiya, NFT ustaxonasidan tortib to kosmik turizmgacha bo’lgan ko'plab mavzular muhokama qilindi.

2017-yildan beri tashkil etilgan va dunyoning muhim muammolarini muhokama qilib kelayotgan TRT World Forum jurnalistlar, akademiklar, nodavlat notijorat tashkilotlari aʼzolari va oʻz sohalarida malakali tadbirkorlar fikr almashgan yangi platforma hayotga tadbiq etildi.

14-may, shanba kuni “Zorlu” madaniyat markazida bo’lib o’tgan “NEXT by TRT World Forum”da o’z sohasi bo’yicha mutaxassis yoshlar o’zaro uchrashib, kelajakni shakllantirishda yoshlarning kuchi va ahamiyatini muhokama qildilar.

 

TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji: “NEXT yoshlar va kelajakni birlashtirgan tashkilotdir”

“Virtual olam ve Media: Texnologiyaning so'nggi tendentsiyasi jurnalistikaga qanday ta'sir qiladi?” nomli anjumanda ishtirok etgan TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji o’z ma’ruzasida, “NEXT yoshlar va kelajakni birlashtirgan tashkilotdir. Yoshlik va kelajak birlashganda, unga uchinchi tushunchani ilova qilishimiz kerak; Bu umid tushunchasi. Darhaqiqat, dunyoga umumiy nazar tashlaydigan bo'lsak, muammolar yanada ustunroq nuqtada ekanligini ko'ramiz. Biz ushbu muammolarni hal qilish uchun ba'zi qarorlar qabul qilish jarayonlarini ishlab chiqarishga harakat qilmoqdamiz, maslahat platformalarini yaratishga harakat qilmoqdamiz, lekin bir narsani unutib qo’ymoqdamiz.  U ham bo’lsa muhim manba bo’lgan yoshlar… Shuning uchun biz “NEXT” ni tashkil qildik, biz yoshlarni e'tiborga olishni xohladik. Zero, yoshlar tabiatida ijodkorlik, tasavvur, innovatsion g‘oyalar, harakatchanlik bor.

Muammolarni hal qilishda ana shu dinamizm va ijodiy g‘oya va innovatsion istiqbolni qo‘shmasangiz, bugungi kun muammolarini hal qilishda ancha qiynalasiz. Shuning uchun biz ushbu tadbir bilan texnologiyani oldingi avlodga qaraganda ancha ijodiy va natijaga yo‘naltirilgan tarzda ishlatadigan yoshlarga e’tibor qaratmoqchi bo‘ldik va TRT World Forum tomi ostida yoshlarni bu jarayonning bir qismiga aylantirmoqchi bo‘ldik”

 

Panellarda "o'zgarish va rivojlanish"ga urg'u berildi

Sayyoramizdagi muammolardan kosmik turizmga, texnologiya taraqqiyotidan jamiyatning tanazzuliga va tezkor iste'mol mazmunidan biznesga qadar ko'plab savol va muammolar o'rin olgan "NEXT by TRT World Forum"da Turkiya va dunyodan yosh mutaxassislar ishtirok etdi.

Dunyo o'zgarishida yoshlarning ahamiyatiga e'tibor qaratgan tadbirda "faol fuqarolik"ga urg'u bergan ismlardan biri “SocialBen” fondi asoschisi Eje Chiftchi bo'ldi. Chiftchi, "Biz yoshlar, o'z mamlakatlarimiz uchun nimani xohlasak, dunyo uchun ham shuni xohlaymiz" degan holda hamkorlikka urg'u berdi.

Dunyodagi birinchi virtual olam agentligi asoschilari Jan Yurdakul, Faysal U-K, Sara Al Jamal va Begum Aydiog’lu, virtual olam yangi dunyoning shakllanishiga qanday ta'sir qilishi haqida panelda ishtirok etdi. Ular virtual olam bilan chegaralar oshib o’tilganini, dunyo ancha kengayganini bildirib, yoshlarning bu sohada qanday ishlashini ham ochib berdi.

Iqlim inqiroziga bag‘ishlangan “Sayyora ovozi: Yoshlar iqlim harakati” paneli barcha ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan kuzatildi.

Panelda so'zga chiqqan iqlim bo’yicha faol Xiye Bastida: “Kattalarning ko‘ziga qarasam, ularga “kelajagim uchun xavotirlanishni xohlamayman” degim keladi. 2050 yilda 1,2 million qochqinni ko'rishni xohlamayman. Men dunyoning 90% yashash uchun yaroqsiz ekanligini ko'rishni xohlamayman”,-dedi.

 

Yoshlarga NFTdan virtual olamgacha ko'plab tajribalar taqdim etildi.

Asosiy sahnadagi panellardan tashqari, parallel sahnada ko'plab tadbirlar o'tkazildi. NFT ustaxonasidan raqamli graffitigacha, maxsus mehmonlar bilan suhbatdan virtual haqiqatga qadar ko'plab faoliyatlarni tajribada sinab ko’rgan yoshlar “NEXT by TRT World Forum”da bir-birlari va ko'plab milliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishdan zavq oldilar.



Aloqador xabarlar