THY Istanbul aeroportidagi 83ta reysini bekor qildi

“Turk Havo Yoʻllari sifatida sayohat xavfsizligini taʼminlash va mehmonlarimizga haqsizlik qilmaslik uchun Istanbul aeroporti faoliyatini 25-yanvar kuni soat 04:00 gacha toʻxtatishga qaror qildik”,-degan THY Matbuot maslahatchisi.

1767635
THY Istanbul aeroportidagi 83ta reysini bekor qildi

 

Turk Havo Yo'llari Istanbul aeroportidagi parvozlarini bugun, 25-yanvar soat 04:00 gacha to'xtatishga qaror qilgandi.

THY Matbuot maslahatchisi Yahya Ustun bu haqda twitter orqali e'lon qilgandi.

U salbiy ob-havo sharoiti Istanbulda bir muddat o'z ta'sirini ko'rsatishi kutilayotganini bildirgan.

“Turk Havo Yoʻllari sifatida sayohat xavfsizligini taʼminlash va mehmonlarimizga haqsizlik qilmaslik uchun Istanbul aeroporti faoliyatini 25-yanvar kuni soat 04:00 gacha toʻxtatishga qaror qildik”,-degan u twitterda.

Ma'lumotga ko'ra, THY kecha, 24-yanvar kuni noqulay ob-havo sharoiti tufayli 83 ta reysini bekor qilgan.

Jumladan, Toshkent – Istanbul reysi ham Turkiyada kuchli qor yog‘ayotgani sababli kechiktirilgan.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Istanbul aeropotidan barcha aviaqatnovlar kuchli qor sababli noma’lum muddatga bekor qilinganini e'lon qilib, o'z fuqarolarini ogohlantirgan.

Qayd etilishicha, aeroportga olib boradigan barcha avtomobil yo‘llari kuchli qor yog‘ishi tufayli yopilgan.

Bosh konsulxona Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolaridan vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarishiga qadar aeroportga bormaslikni iltimos qilgan. 


Tanlangan kalimalar: #THY

Aloqador xabarlar