Prezident Erdo‘g‘an Turkiyada bandlikning 2,7 millionga oshganini qayd etdi

Prezident Erdo‘g‘an, Mustaqil tadbirkorlar uyushmasi (MUSIAD) rahbari Mahmut Asmali va boshqaruv kengashi a’zolarini qabul qildi.

1766531
Prezident Erdo‘g‘an Turkiyada bandlikning 2,7 millionga oshganini qayd etdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Turkiyada iqtisodiy o‘sish va eksportdagi rekordlarga qo‘shimcha sifatida bandlikning yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasidan oldinga nisbatan 2,7 millionga oshganini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Istanbulda Vahdettin ko‘shkida Mustaqil tadbirkorlar uyushmasi (MUSIAD) rahbari Mahmut Asmali va boshqaruv kengashi a’zolarini qabul qildi.

Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga to‘xtalgan Erdo‘g‘an:

“O‘sish va eksport kabi sohalardagi rekordlarga qo‘shimcha ravishda bandligimiz pandemiyadan oldingi davrga nisbatan 2,7 millionga oshdi, bu judayam katta yutuq”.-dedi.

Erdo‘g‘an so‘zlarini,

“Valyuta kursining barqarorlashuvi bilan birga bozorlarda yana bir bor muvozanatsiz valyuta talabi asosida ortiqcha tebranishlar sodir boʻlmaydi degan fikrdamiz”.- degan so‘zlar bilan yakunladi.


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo‘g‘an , #bandlik , #MUSIAD

Aloqador xabarlar