El Salvador Prezidenti Nayib Bukele Turkiyaga tashrif buyurdi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an oliy martabali mehmonni prezident saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

1765966
El Salvador Prezidenti Nayib Bukele Turkiyaga tashrif buyurdi

 

El Salvador Prezidenti Nayib Bukele bugun, 20-yanvar kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an oliy martabali mehmonni prezident saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Turkiya va Salvador davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar Rajap Tayyip Erdo'g'an va Nayib Bukele faxriy qorovul oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar.

Ikki davlat delegatsiyalari taqdimotidan so’ng prezidentlar yakkama-yakka uchrashuvni boshladi.

Uchrashuvdan soʻng ikki davlat rahbarlari Oliy darajadagi hamkorlik kengashi yigʻilishi, kelishuvlarni imzolash marosimi va qoʻshma matbuot anjumanida ishtirok etadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #El Salvador

Aloqador xabarlar