Turkiya va Qatar parlamentlari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Turkiya parlament raisi Mustafa Shento'p Dohada Qatar Kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh al-G'anim bilan uchrashdi.

1765653
Turkiya va Qatar parlamentlari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

 

Turkiya parlament raisi Mustafa Shento'p Dohada Qatar Kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh al-G'anim bilan uchrashdi.

Qatar rasmiy agentligi QNA xabariga ko'ra, Shento'p va G'anim uchrashuvida ikki davlat o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Turkiya va Qatar parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni oyanada rivojlantirish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Qatar Sho'ro Assambleyasi rahbari G‘anim ushbu anglashuv memorandumi ikki qardosh davlat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni  mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shu yo'l bilan Qatar va Turkiya o'rtasidagi aloqalar va hamkorlik yanada yuqori marralarga erishishiga e'tibor qaratgan G'anim, ushbu anglashuv memorandumi ikki davlat o'rtasida turli sohalardagi chuqur aloqalarining aksi ekanligini ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Mustafo Shento’p , #Turkiya , #Qatar

Aloqador xabarlar