Erdo'g'an Albaniya poytaxti Tiranada tantanali marosim bilan kutib olindi

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Turkiya va Albaniya davlat madhiyalari yangradi.

1763791
Erdo'g'an Albaniya poytaxti Tiranada tantanali marosim bilan kutib olindi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bugun, 17-yanvar kuni Albaniya Bosh vaziri Edi Ramaning taklifiga binoan mamlakat poytaxti Tiranaga tashrif buyurdi.

Erdo’g’an “Rohiba Tereza” xalqaro aeroportida Albaniya Bosh vaziri Edi Rama tomonidan tantanali marosim bilan kutib olindi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Turkiya va Albaniya davlat madhiyalari yangradi.

Yetakchilar Rajap Tayyip Erdo'g'an va Edi Rama faxriy qorovul oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar.

So’ngra, 2019 yilda Albaniyada sodir bo'lgan zilzila fojiasida uylaridan mahrum bo’lgan oilalar uchun Turkiya tomonidan qurib berilgan uylarni o’z egalariga topshirish marosimida ishtirok etish uchun Lach shahriga yo’l oldi.

Mazkur ziyorat Turkiya prezidentining joriy 2022 yilda xorijga amalga oshirgan ilk tashrifi hisoblanadi.

Ma'lumotga ko'ra, tashrif doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuv va muzokaralarda strategik sheriklik darajasidagi Turkiya-Albaniya munosabatlari har tomonlama ko'rib chiqiladi va hamkorlikni chuqurlashtirish uchun tashlanadigan qadamlar muhokama qilinadi.

Uchrashuvlarda ikki tomonlama munosabatlardan tashqari mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Prezident Erdo'g’an Tiranada Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan restavratsiya qilingan Ethem Bey masjidining ochilish marosimini o’tkazadi va Albaniya parlamentida nutq so’zlaydi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Albaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar