Turkiya va Armaniston tomoni muzokaralarni boshladi

Turkiya vakili Serdar Kilich va Armaniston vakili Ruben Rubinyan ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv pozitiv va konstruktiv ruhda o‘tgani aytilmoqda.

1763448
Turkiya va Armaniston tomoni muzokaralarni boshladi

 

Turkiya va Armaniston tomoni muzokaralarni boshladi.

14 yanvar kuni Moskvada ikki davlat maxsus vakillarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Turkiya vakili Serdar Kilich va Armaniston vakili Ruben Rubinyan ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv pozitiv va konstruktiv ruhda o‘tgani aytilmoqda. 

“Turkiya va Armanistonning maxsus vakillari o‘rtasidagi muzokaralarda hech qanday shartlarsiz munosabatlarni to‘liq normallashtirish va muloqotni davom ettirishga kelishib olindi”, deyiladi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmatining bayonotida. 

2020 yil Qorabog‘ mojarolarida Turkiya Ozarbayjonni qo'llab-quvvatlashi ortidan, Arman-Turkiya munosabatlari yanada yomonlashgan edi. O‘shanda Armaniston Turkiyaga norozilik sifada mamlakatga olib kiriladigan turk tovarlari importiga cheklov joriy qilgandi.

Ammo Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li 2021 yil 13 dekabr kuni parlamentda qilgan nutqida Turkiya-Armaniston munosabatlarida yangi davr boshlanayotgani haqida ma’lum qilgan. 

Moskvadagi muzokaralarning ilk natijasi o‘laroq joriy yilning 2 fevralidan boshlab, Istanbul va Yerevan o‘rtasida aviaqatnovlar tiklanayotgani e’lon qilingan.

Muzokaralarning ikkinchi bosqichi qachon va qayerda o‘tkazilishi haqida yaqin kunlarda xabar berilishi bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar