Turkiya bilan Ozarbayjonning diplomatik aloqa o‘rnatganiga 30 yil to‘ldi

1992-yili Bokudagi Turkiya Respublikasi Bosh konsulxonasining elchixonaga aylantirilishi bilan boshlagan diplomatik aloqalar, 30 yil ichida “Bir millat, ikki davlat” shiori ostida keng tus oldi.

1762718
Turkiya bilan Ozarbayjonning diplomatik aloqa o‘rnatganiga 30 yil to‘ldi

Bundan roppa-rosa 30 yil muqaddam ya’ni 1992-yili Bokudagi Turkiya Respublikasi Bosh konsulxonasining elchixonaga aylantirilishi bilan boshlagan diplomatik aloqalar, 30 yil ichida “Bir millat, ikki davlat” shiori ostida keng tus oldi. Munosabatlar, “Shusha deklaratsiyasi” orqali ittifoqlik darajasiga ko‘tarildi.

Turkiya, Ozarbayjon bilan qayta tiklangan diplomatik aloqalarining 30-yilini nishonladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda Turkiya Ozarbayjon o‘rtasida 30-yil muqaddam “Takror diplomatik aloqalarni o‘rnatish protokoli” imzolangani va bu orqali, ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar boshlagani ta’kidlandi. Shuningdek, Ozarbayjonning oʻz mustaqilligini eʼlon qilishi ortidan diplomatik aloqa oʻrnatgan birinchi davlatning Turkiya ekani yodga solindi.

Ozarbayjonning 1991-yil 29-oktabrda xalqaro hamjamiyatning teng huquqli bir a’zosi ekani haqidagi irodasini kuchli tarzda ifoda etgani ta’kidlangan bayonotda, o‘sha paytlarda Turkiyaning ikki tomonlama xursandchilik yashagani qayd etildi.

Bayonotda,

“O‘tgan 30 yil davomida Turkiya yaxshi-yomon kunlarda do‘st va qardosh Ozarbayjonning yonida bo‘ldi va buni qahramon Ozarbayjon armiyasining vatan uchun olib borgan 44 kunlik kurashi orqali o‘z tuproqlarini ishg‘oldan ozod qilganidan keyingi katta quvonchi bilan yana bir bor namoyish etdi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Ikki davlatning ham 30 yil oldingiga qaraganda bugungi kunda yanada kuchli ekaniga e’tibor qaratilgan bayonotda, ikki davlat qardoshligi va yaqin hamkorligi, mushtarak mintaqalarida tinchlik va barqarorlikning ham buyuk kafolatiga aylangani ta’kidlandi.

Bayonotda, 2021-yilning 15-iyuni kuni imzolangan Shusha deklaratsiyasi bilan ittifoqchilik darajasiga koʻtarilgan munosabatlarning bundan buyon ham davom etishi taʼkidlanib, quyidagilar qayd etildi:

“Respublikamiz asoschisi G‘oziy Mustafa Kemal Ataturkning «Ozarbayjonning quvonchi bizning quvonchimiz, qayg‘usi – qayg‘umizdir» degan ifodasi va Bosh yo‘lboshchi Haydar Aliyev qayd etgan «Bir millat, ikki davlat» shioriga munosib yondashuv ham shudir”.

 

 



Aloqador xabarlar