Hulusi Akar Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Hasanovga hamdardlik bildirdi

Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, vazir Hulusi Akar Ozarbayjon Mudofaa vaziri Hasanov bilan telefon orqali muloqot qilgan.

1761713
Hulusi Akar Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Hasanovga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasining Kalbajar viloyatidagi  Armaniston armiyasining otishmasida Ozarbayjon askari shahid bo’lganligi munosabati bilan Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Hasanovga hamdardlik bildirdi.

Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, vazir Hulusi Akar Ozarbayjon Mudofaa vaziri Hasanov bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Hulusi Akar suhbat chog'ida Armaniston qurolli kuchlarining 11-yanvar kuni tushdan boshlab uyushtirgan provokatsiyasi natijasida Kalbajar viloyatida ozarbayjon askarining halok bo'lganidan chuqur  qayg’uda ekanini tilga oldi.

Shuningdek, Ozarbayjon pozitsiyalarini nishonga olib, otashkesimni buzgan Armanistonning agressiv pozitsiyasiga munosabat bildirgan Akar, Turkiya har doim qardosh Ozarbayjon bilan birga ekaninini va qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.

Eslatma: Armaniston qurolli kuchlarining 11-yanvar kuni tushdan boshlab uyushtirgan provokatsiyasi natijasida Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasining Kalbajar viloyati yo‘nalishida vaziyat keskinlashdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman kuchlarining navbatdagi provokatsiyasi natijasida 11-yanvar kuni tushda Ozarbayjonning Armaniston bilan chegaradosh Kalbajar viloyati hududida ozarbayjonlik harbiy Ayaz Nazarov halok bo‘lgani haqida xabar bergandi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Armaniston mintaqadagi keskinlikni kuchaytirish uchun bevosita javobgar hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar