TBMM raisi Mustafa Shento‘p Abzal Saparbekulini qabul qildi

TBMM raisi Mustafa Shento‘p Qozog‘istonning Anqaradagi elchisi Abzal Saparbekulini qabul qildi.

1761154
TBMM raisi Mustafa Shento‘p Abzal Saparbekulini qabul qildi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shento‘p Qozog‘istonning Anqaradagi elchisi Abzal Saparbekulini qabul qildi.

Shento‘p ushbu qabulda Qozog‘istondagi vaziyatni yaqindan kuzatib borayotganliklarini bildirib, sezilarli darajada barqarorlik o‘rnatilganidan mamnunligini ifoda etdi.

Qozog‘istonda barqarorlikni ta’minlashning mintaqa uchun ham qanchalik ahamiyatli ekaniga e’tibor qaratgan Shento‘p,

“Turkiya sifatida bundan buyon ham qo‘limizdan kelgancha yordam berishga tayyormiz”.-dedi.

Saparbekuli esa Shento‘pga Qozog‘istonda yuz bergan voqealar haqida ma’lumot berdi.

(Qozog‘istonda) Hamma joyda xavfsizlik taʼminlanganini qayd etgan Saparbekuli, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) tinchlikparvar kuchlarining ham 2 kun ichida mamlakatni tark eta boshlashini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz:

Qozog‘iston gʻarbida 2-yanvar kuni suyultirilgan gaz (LPG) narxining oshishi va mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashgani sababli boshlagan norozilik namoyishlarida oʻnlab kishi halok bogʻldi. Ular orasida xavfsizlik kuchlari a’zolari ham bor.

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, norozilik namoyishlarida aybdor deb bilingan hukumat iste’fosini qabul qildi.

Namoyishlar avj olishi bilan mamlakat boʻylab favqulodda holat (OHAL) e’lon qilindi.



Aloqador xabarlar