Chavusho‘g‘luning Van I bilan bo‘lgan uchrashuvida uyg‘ur turklari masalasi ham kun tartibida edi

Mevlut Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan Xitoyda.

1761682
Chavusho‘g‘luning Van I bilan bo‘lgan uchrashuvida uyg‘ur turklari masalasi ham kun tartibida edi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan borgan Xitoyda kasbdoshi Van I bilan uchrashdi.

Chavusho‘g‘lu bu haqida Twitter sahifasida Shanxay yaqinidagi Vushi shahrida Van I bilan uchrashganini ma’lum qilgan holda:

“Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan ikki tomonlama aloqalarimiz va mintaqaviy mavzularni muhokama qildik. Iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlarini baholadik. Uyg‘ur turklari bosh bo‘lish bilan birga kun tartibimizdagi mavzular haqidagi ko‘z qarashlarimiz, umidlarimiz va biz uchun nozik masalalarni qayd etdik”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar