Turk Havo Yo'llari Qozog'istonga parvozlarni boshlamoqda

THY Bosh direktori Bilal Ekshi o'zining Twitter ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida 13-yanvarda poytaxt Nur Sultonga, 14-yanvarda Aktauga va 15-yanvarda Turkistonga aviareyslar amalga oshirilishini ma'lum qildi.

1761344
Turk Havo Yo'llari Qozog'istonga parvozlarni boshlamoqda

 

Turk Havo Yo'llari aviakompaniyasi Qozog'istonga parvozlarni boshlamoqda.

THY Bosh direktori Bilal Ekshi o'zining Twitter ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida 13-yanvarda poytaxt Nur Sultonga, 14-yanvarda Aktauga va 15-yanvarda Turkistonga aviareyslar amalga oshirilishini ma'lum qildi.

Ekshi Olmaotaga aviareyslarni tiklash uchun rasmiylar bilan muzokaralar davom etayotganini bildirdi.

Ayni paytda Qozog'istonning Olmaota shahridagi Turk Havo Yo'llari aviakompaniyasi xodimlari, xususiy havo yuk shirkatlarining ayrim xodimlari va turk fuqarolarini evakuatsiya qilgan samolyot Turkiyaga tomon parvoz qildi.

Evakuatsiya parvozini amalga oshirayotgan “Boing 777” rusumli samolyotda jami 167 nafar yo‘lovchi bor.

Qozog'istondagi norozilik namoyishlari tufayli Turk Havo Yo'llari aviakompaniyasi mamlakatga parvozlarni 9 yanvarga qadar to'xtatishga qaror qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #THY

Aloqador xabarlar