Chavushoʻgʻlu ogʻir damlarida Qozogʻistonning yonida boʻlish TDTning burchi ekanini ta’kidladi

Chavushoʻgʻli Qozogʻiston kun tartibi ustidan Turk Davlatlari Tashkiloti (TDT) tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida onlayn tarzda uyushtirilgan navbatdan tashqari yigʻilishda ishtirok etdi.

1760739
Chavushoʻgʻlu ogʻir damlarida Qozogʻistonning yonida boʻlish TDTning burchi ekanini ta’kidladi
TDT Bayrakları.jpg

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, Qozogʻistonning ogʻir damlarida yonlarida boʻlishni bir burch deb bilganliklarini bildirgan holda:

“Bundan buyon ham zimmamizda qanday vazifalarimiz boʻlsa butun imkonimiz bilan Qozogʻistonning yonidamiz va barcha imkoniyatlarimizni safarbar qilishga tayyormiz”, — dedi.

Chavushoʻgʻli Qozogʻiston kun tartibi ustidan Turk Davlatlari Tashkiloti (TDT) tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida onlayn tarzda uyushtirilgan navbatdan tashqari yigʻilishda ishtirok etdi.

Unda nutq soʻzlagan Chavushoʻgʻlu, Qozogʻistonda yuz bergan voqealar ustidan TDT Tashqi ishlari navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazganliklari va Turk dunyosi oilasining muhim a’zolaridan biri Qozogʻistondagi vaziyatning hammani chuqur qaygʻuga solganini qayd etdi.

Chavushoʻgʻlu, Qozogʻistondagi voqealarni katta xavotirchilik bilan kuzatganliklari va Turk dunyosining buyuk oila ekanini ifoda etgan holda:

“Qozogʻistondagi voqealardan chuqur qaygʻudamiz. Ukam Muxtor (Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tileuberdi) va Qozogʻiston xalqiga bu kunlarni tezroq yengib oʻtishlarini tilayman. Hayotdan koʻz yumganlarga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarning esa tezroq sogʻayib ketishlarini istayman. Turk davlatlari oilasi sifatida biz qozoq birodarlarimiz bilan birgamiz, ular bilan birdamlik ichidamiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Vaziyatning nazorat ostiga olinganidan xursand boʻlganliklarini ta’kidlagan Chavushoʻgʻlu, Qozogʻistonda Alihan Smailovning yangi bosh vazir etib tayinlanishidan xursand boʻlganliklarini va u bilan hamkorlik ichida ishlashni davom etishlarini bildirdi.

Chavushoʻgʻlu, Qozogʻistondagi tinchlik va barqarorlikning mintaqa va tashkilot uchun boʻlganidek global tinchlik uchun ham alohida oʻringa ega ekanini oʻz soʻziga ilova etgan holda:

“Qozogʻistonda bu inqirozni yengib oʻtish qobiliyati, tajriba va davlat an’anasi bor. Faxriy rahbarimiz Nursulton Nazarboyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayevning koʻz qarashlari asosida kuchli davlat ongi shakllangan. Qozoq xalqida ham mavjud muammolarni hal qilish maqsadida birlik va birdamlik ruhini koʻrsata oladigan sogʻlom fikr bor”.-deya gapirdi.

TDT sifatida bergan mushtarak bayonoti va bugun qabul qiladigan qoʻshma deklaratsiyada asosan buyuk Turk dunyosi sifatida Qozogʻistonning yonida ekanliklari va mamlakatdagi barqarorlikning qayta tiklanishi uchun Qozogʻistonni toʻliq qoʻllab-quvvatlaganliklarini bildirgan Chavushoʻgʻlu quyidagi ifodalarni qayd etdi:

“Biz Turkiya sifatida boshidan beri qozoq rasmiylari bilan aloqada boʻldik. /…/ Bundan buyon ham zimmamizda qanday vazifalarimiz boʻlsa butun imkonimiz bilan Qozogʻistonning yonidamiz va barcha imkoniyatlarimizni safarbar qilishga tayyormiz”.



Aloqador xabarlar