AK Partiya kotibi O’mer Chelik Qozog’istondagi hodisalarga munosabat bildirdi

O'mer Chelik Qozog'iston ushbu murakkab kunlarni tezda yengib, qisqa vaqt ichida barqaror va farovon kunlariga qaytishidan umidvorligini bildirdi.

1760466
AK Partiya kotibi O’mer Chelik Qozog’istondagi hodisalarga munosabat bildirdi

 

Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) rahbari o’rinbosari va partiya kotibi O’mer Chelik Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Qozog’istondagi hodisalarga munosabati haqida ma’lum qildi.

O’mer Chelik bu haqda Prezident Erdog'an boshchiligidagi Markaziy Ijroiya Kengashi yig'ilishi davom etar ekan, poytaxt Anqaradagi partiya qarorgohida bayonot berdi.

Uning ta’kidlashicha, Prezident Erdo'g'an Qozog’istondagi ommaviy tartibsizliklarni tinch yo’l bilan to’xtatish bo’yicha qizg'in diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Shuningdek, Qozog'istonning birdamligi va yaxlitligini ta'minlash uchun mamlakat hukumatini qo'llab-quvvatlamoqda.

O'mer Chelik Qozog'iston ushbu murakkab kunlarni tezda yengib, qisqa vaqt ichida barqaror va farovon kunlariga qaytishidan umidvorligini bildirdi.

Eslatma: Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi.

Tobora olovlangan namoyishlar ortidan 5 yanvar kuni, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi.

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

Qozog‘istonda butun mamlakat bo‘ylab 19 yanvargacha favqulodda holat joriy etildi. Shuningdek, shu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati davom etmoqda.

Namoyishchilar jamoat binolarini egallab, qurol ishlatar ekan, Nur Sulton ma’muriyati xavfsizlik kuchlariga operatsiya qilishni buyurdi.

To'qayev 7 yanvar kuni mamlakatning barcha hududlarida konstitutsiyaviy tuzum tiklanganini taʼkidladi.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #Ak partiya

Aloqador xabarlar