Turkiya AQShga ta'ziya izhor etdi

Turkiya AQShning Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda hayotdan ko‘z yumganlar uchun ta’ziya izhor etdi.

1760271
Turkiya AQShga ta'ziya izhor etdi

Turkiya Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda hayotdan ko‘z yumganlar uchun ta’ziya izhor etdi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda:

“AQShning Nyu-York shahridagi binoda yuz bergan yong‘in oqibatida ko‘pchilikning halok bo‘lgani va tan jarohati olganlar ham borligi haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan oldik. AQSh xalqi va hukumatiga ta’ziya izhor etib, tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz”.-deyildi.

AQShning Nyu-York shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan yong‘inda 9 nafari yosh bola jami 19 kishi halok bo‘ldi. Shifoxonaga yotqizilgan 13 kishining ahvoli og‘ir ekani ma’lum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Nyu-York , #ta'ziya , #yong‘in

Aloqador xabarlar